Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank xorijiy valyutalarning 12-maydan yangi kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra dollarning rasmiy kursi 7,81 soʻmga koʻtarilib, bir dollar 10137,20 soʻmni tashkil qildi.
Yevro kursi 139,39 soʻmga tushib, 10988,72 soʻmga teng boʻldi.
Rubl kursi ham 3,46 soʻmga qimmatlashgan va 1 rubl 138,26 soʻmni tashkil etgan.
15-aprel kuni Oʻzbekistonda AQSH dollarining rasmiy kursi keskin koʻtarilib, 10 ming soʻmlik nuqtadan oʻtgan, 21-aprel kuni ham rasmiy kurs oʻsishi davom etgandi. 28-aprelda esa rasmiy kurs tusha boshladi. 4-mayda ham tushish davom etgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring