Dollarning rasmiy kursi keskin koʻtarildi

11:07 13 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1048 0

foto by: Google

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini maʼlum qildi.

Unga koʻra, 14-apreldan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 9693 soʻm 36 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 1035 soʻm 26 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 10 599 soʻm 69 tiyinga baholanib, 234,71 soʻmga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 7 soʻm 3 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 131 soʻm 43 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер