Dollarning rasmiy kursi oshdi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, ertaga, 25-avgustdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 262 soʻm 87 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 16 soʻm 16 tiyinga qimmatlagan.
1 yevro kursi 12 105 soʻm 6 tiyinga baholanib, 28 soʻm 7 tiyinga arzonlashdi.
Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 3 soʻm 34 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 137 soʻm 31 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring