“Dok-1 MAKS" dori vositalari barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yigʻib olindi — SSV
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi yurtimiz dorixonalarida “Hindistonning “Marion Biotech Pvt.Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalarining realizatsiyasini toʻxtatish, realizatsiya qilingan qoldiq dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish koʻrsatmasini berdi.
Ushbu dori vositasi respublikamizdagi barcha dorixonalar rastalaridan tezkorlik bilan yigʻib olindi.
“Agar biror tadbirkorlik subyektida mazkur “DOK-1 MAKS sirop 100 ml” va “DOK-1 tabletki №10” dori vositalari qolgan boʻlsa, sizdan bu haqda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining murojaatlar boʻlimiga zudlik bilan xabar berishingizni soʻraymiz” deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring