Dogʻistonda ishlovchi yurtdoshlarimizning ish haqi va hujjatlari olib berildi

12:14 05 Mart 2022 Jamiyat
835 0

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining hujjat va oylik maoshlari berilmayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.

Murojaat oʻrganilganda, fuqarolar Dogʻistonda issiqxonada 5 oydan buyon mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani va ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qoʻyilgani maʼlum boʻldi.

Vakolatxona xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan bir necha bor telefon orqali muzokaralar olib borilgandan soʻng, yurtdoshlarimizning hujjatlari (pasport, patent, migratsion kartalari) va 39 ming rubl oylik maoshlari undirib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер