Toshkentda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatning oldi olindi

14:42 17 Aprel 2026 Jamiyat
83 0

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda odam savdosi bilan bogʻliq holat fosh qilindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tugʻilgan qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.

Ushbu shaxs oʻz maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablagʻining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan.

Tezkor tadbir natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi boʻlgan vaqtida toʻxtatib qolingan.

Hozirda yangiyoʻllik ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?