DXX davlatga 12 mlrd. soʻm zarar yetkazgan mayning fermani aniqladi

15:05 23 Noyabr 2023 Jamiyat
277 0

DXX tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy tarzda kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelgan shaxs qoʻlga olindi.

Qoʻqon shahrida yashovchi fuqaro tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, ushbu shahardagi xonadonlarning birida kriptovalyuta ishlab chiqarish maqsad qiladi. U elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, umumiy quvvati 104,2 kiloVatt/soat boʻlgan 31 dona “Vatsmayner M21S” qurilmalari va 2,16 kiloVatt/soat boʻlgan ventilyator va yoritgichlar, jami quvvati 106,3 kiloVatt/soat boʻlgan elektr qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulaydi.

Natijada 2020-yildan 2023-yilga qadar mazkur shaxs jami 2 mln. 794 ming bir yuz kiloVatt elektr energiyasidan foydalanib, elektr taʼminoti korxonasining 12 mlrd. 369 mln. soʻmlik mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilgani aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер