DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi qoʻlga olindi
DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan joriy yilning 4-fevral kuni Toshkent viloyatida mamlakatimiz hududiga noqonuniy olib kirilishiga urinilgan umumiy qiymati 170 million soʻmga teng boʻlgan kontrafakt tamaki mahsulotlarining yirik partiyasi toʻxtatib qolindi. Bu haqda DXX Chegara qoʻshinlarining Telegrammdagi rasmiy kanalida xabar berildi.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, oʻtgan 2019-yil davomida DXX Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan umumiy qiymati 3 milliard soʻmga teng boʻlgan jami 135 million quti tamaki mahsulotlarining mamlakatimiz hududiga noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring