DXX Bosh boshqarmasi boshligʻi vafot etdi
Foto: DXX
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan polkovnik Izbosarov Agzam Faxriddinovich vafot etdi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida maʼlum qilindi.
“DXX rahbariyati polkovnik Izbosarov Agzam Faxriddinovichning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Maʼlumot uchun, Agzam Izbosarov texnika fanlari nomzodi (PhD), texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini olgan. U 2005-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan aloqa xodimi” faxriy unvoni hamda 2021-yilda “Mardlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring