DXX 6 milliard soʻmlik psixotrop moddalar kontrabandasiga chek qoʻydi
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Quvasoy shahar Polmon MFY hududidan oʻtuvchi qismida nomaʼlum shaxslar tomonidan katta miqdordagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qoldirib ketilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilganda Qirgʻiz Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan oʻtkazilgan jami 7 dona qutilarda umumiy qiymati 6 milliard 19 million 980 ming soʻmlik 53 ming 522 dona “Regapen” va 20 ming dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dori vositalari egalarining shaxsini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring