Diqqat, tanlov!

17:46 29 Mart 2021 Jamiyat
1753 0

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi

“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda NNTlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlash”

mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovni

EʼLON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. Yoshlarni giyohvandlik, ahloqsizlik va boshqa zararli taʼsirlardan himoya qilishda taʼlim muassasasi, oila va mahalla institutlari bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

2. Oila institutini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;.

3. Aholining ehtiyojmand qatlamlari, ayollar va nogironlar bandligini taʼminlash maqsadida ijtimoiy korxonalarni shakllantirish;

4. Xotin-qizlar va yoshlarni iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi koʻnikmalarini yuksaltirish orqali tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;

5. “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni ragʻbatlantirish borasida targʻibot ishlarini olib borish;

6. Aholi muammolarini aniqlash va hal etish boʻyicha “Mahalla – sektor – tuman” tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etish, mahallaning xalq bilan davlat oʻrtasida ishonchli “koʻprik” boʻlishini taʼminlashga koʻmaklashish;

7. “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasi asosida aholi orasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini tashkillashtirish;

8. “Yangi Oʻzbekiston – maktab ostonasidan, taʼlim-tarbiya tizimidan boshlanadi” degan gʻoya asosida yosh avlodni jismoniy va maʼnaviy sogʻlom, vatanparvar yoshlar boʻlib ulgʻayishiga koʻmaklashish;

9. “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etish, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʻmaklashish;

10. Norasmiy mehnat migratsiyasini oldini olishda, mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlmagan ishchi kuchi bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;

11. “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamalash yili” Davlat dasturi ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini shakllantirish, mahalliy va xorijiy OAVlarida keng yoritish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining rasmiy www.fundngo.uz veb saytida t.me/group_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʻllab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 million soʻmgacha.

Hujjatlar 2021-yil 26-martidan 30-apreligacha qabul qilinadi.

Hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining rasmiy www.fundngo.uz veb saytida va t.me/group_jamoat_fondi telegramm kanalida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер