Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan OTMlar roʻyxati eʼlon qilindi
Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu roʻyxat 2026-yil uchun eʼlon qilingan boʻlib, har yili yangilanib turadi. Maʼlumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari Oʻzbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring