Diyetolog qonda qand miqdorining oshishini ilk belgilari haqida maʼlumot berdi
Illyustrativ foto
Amerikalik diyetolog-shifokor Syuzan Kelli qonda qand miqdorining oshishini ilk belgilari haqida maʼlumot berdi. Uning tavsiyalari “Eat This, Not That!” (ETNT) nashrida chop etilgan.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, qonda qand miqdorining oshishini asosiy belgilari koʻrishning buzilishi va bosh ogʻrigʻi, tez-tez peshob chiqarish, doimiy charchoq va ochlik va toʻsatdan vazn yoʻqotish, uyqusizlik va koʻngil aynish boʻlishi mumkin.
“Qand miqdorining kuchli oshishi bilan koʻzning linzalari shishadi, buning natijasida atrofdagi narsalarni tuman ichida koʻrinadi. Bosh ogʻrigʻi diabet bilan tez-tez uchraydigan organizmning suvsizlanishidan kelib chiqishi mumkin”, deb tushuntiradi Kelli.
Tez-tez peshob chiqarish ham yuqori qand darajasining belgisidir. Chunki tana uning ortiqchasini yoʻq qilishga harakat qiladi. Doimiy charchash hissi ham muhim alomat boʻlishi mumkin, chunki organizm glyukozani qayta ishlashga yordam berish uchun insulinga chidamli boʻladi. Ushbu energiya manbasidan mahrum boʻlgan odamni, hatto yetarlicha uxlagan boʻlsa ham, charchoq taʼqib qilishi mumkin.
Xuddi shu sababga koʻra, Kellining taʼkidlashicha, qand darajasi yuqori boʻlgan odamlar doimo och qoladilar, koʻp ovqatlanadilar, lekin vazn ham yoʻqotadilar. Bundan tashqari, bunday odamlar oyoq-qoʻllarida sanchib ogʻrishi va uyqusizlik kuzatilishi mumkin. Buning sababi esa koʻp qand asab tugunlariga zarar yetkazishi bilan bogʻliq. Koʻngil aynishi ham qand darajasiga bogʻliq muammoning yana bir belgisi boʻlishi mumkin.
“Insulinsiz jigar glyukozani qayta ishlay olmaydi va yogʻlarni ketonlarga parchalashni boshlaydi, bu qonning kislotaliligini oshiradi va koʻngil aynishiga olib kelishi mumkin”, deydi mutaxassis.
Shu bois yuqoridagi alomatlar paydo boʻlganda, Kelli darhol endokrinologga uchrashishni tavsiya qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring