Dermatovenerologiya va kosmetologiya markazida teri hujayralarini koʻchirib oʻtkazish boʻyicha 177 ta amaliyot oʻtkazildi — SSV
Foto: SSV matbuot xizmati
Bobur Toirov, tibbiyot fanlari doktori,markaz boʻlim mudiri:
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilgʻor amaliyotlar joriy etilgan.
Ayni paytda shifoxonamizda quyidagi innovatsion texnologik davolash usullaridan foydalanilmoqda:
— lazer texnologiyalari yordamida bartaraf etiladigan terining husnbuzar, chandiqli, tugʻma qon-tomir kasalliklari;
— pigmentatsiyalar;
— tatuajlarni yoʻqotish;
— vitiligoni davolashda melanotsitar autotransplantatsiya;
— trixologiyada soch koʻchirib oʻtkazish operatsiyalari shular jumlasidan.
Xususan, oʻtgan yili 61 nafar bemorda soch tolalarini koʻchirib oʻtkazish muolajasi olib borildi (2021-yilda 14 nafar edi).
Teri pigmentatsiyasi buzilishi bilan xastalangan 177 nafar kishida melanotsit hujayralarini koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarildi va bu boradagi koʻrsatkichlar undan avvalgi yilga nisbatan 140 taga koʻpaydi.
Markazning plastik jarrohlik boʻlimida esa yuzdagi quyidagi estetik operatsiyalar:
— otoplastika;
— rinoplastika;
— blefaroplastika;
— yuz-jagʻ sohasidagi tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni bartaraf etish;
— tanadagi estetik yetishmovchiliklarni tuzatish;
— yuz ajinlarini ketkazish;
— quloq suprasining tugʻma va orttirilgan nuqsonlarini autotransplantat va teri koʻchirib oʻtkazish bilan tiklash;
— shalpangquloqlik va quloq deformatsiyalarini toʻgʻrilash;
— yuqori labdagi tugʻma nuqsonlarni bartaraf qilish;
— uranoplastika;
— yuqori qovoqlar tugʻma ptozi;
— rinofima kasalligi;
— makro va mikrognatiyada yuqori jagʻ va pastki jagʻ osteotomiyasi;
— abdominoplastika kabi qator noyob amaliyotlar oʻtkazib kelinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring