Deputatlarga saylovchilar tomonidan 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan
Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan parlamentga yangi vakolatlar berildi.
Bu vakolatlar ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirishda, davlat va jamiyatni rivojlantirishning strategik yoʻllarini belgilashda parlamentning ishtirokini sezilarli darajada oshirdi.
Vazirlar Mahkamasining, vazirliklar va idoralarning, parlament oldida hisobdorligining kompleks tizimi yaratildi.
Xususan, Hukumatning Davlat dasturi ijrosi boʻyicha parlament oldida har chorakda hisobot berib borishi amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan davrda Vazirlar Mahkamasining Davlat dasturining bajarilishi holati yuzasidan hisobotlari palatada har chorakda atroflicha koʻrib chiqildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalari majlislarida joylarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijalari hamda mansabdor shaxslarning oʻz faoliyati yuzasidan 88 marotaba axboroti eshitildi.
Aholining palata deputatlariga murojaat yoʻllash imkoniyatini yanada oshirish maqsadida har bir deputat tomonidan murojaatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Hisobot davrida deputatlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali saylovchilar tomonidan jami 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.
Bu haqda parlament quyi palatasi yalpi majlisida maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring