Deputatlar yoshlarni referendumda faol bo‘lishga chaqirdi
Foto: «Xalq so‘zi»
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tashviqot tadbirlarning navbatdagisi Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida tashkil qilindi.

Universitet bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gʻayrat Abdiyev, Navro‘z Rizayev, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari, partiya Yoshlar qanoti faollari, universitet professor o‘qituvchilari va 2000 yaqin talaba yoshlar ishtirok etdi.

Deputatlar, partiya faollari yangilanayotgan Konstitutsiyamizning ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi.
- Asosiy qonunimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalarning partiyamiz dasturiy maqsad-vazifalariga hamohangligi bizni quvontiradi va shuning barobarida yanada katta mas’uliyat yuklaydi, - dedi deputat Navro‘z Rizayev tadbirda so‘z olgan N.Rizayev. - Xususan, oliy ta’limda akademik erkinlik, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olish, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Bundan tashqari uchrashuvda oxirgi olti yilda oliy ta’lim olish borasida yoshlarimiz uchun boshqa ko‘plab keng imkoniyatlar yaratilayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Shu bilan bir qatorda ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning kelgusida yosh avlod kamolotidagi ahamiyatiga batafsil to‘xtaldi.
Tadbir yakunida deputatlar, partiya faollari barcha tadbir ishtirokchilarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.





Abdulaziz Yo‘ldoshev
Xalq so‘zi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring