Deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda
Maʼlumki, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili mamlakatimizda 200 million tup daraxt ekish anʼanaga aylandi. Joriy yilda ham Prezidentimiz tomonidan 25-oktyabrdan 1-dekabrga qadar loyihaning kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlari hamda Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bilim yurti hududida “Kursantlar bogʻi”ni tashkil etish maqsadida daraxt ekish aksiyasi oʻtkazildi.
Aksiya davomida Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga tegishli maydonda 3 mingdan ziyod mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring