Deputatlar tajriba almashdilar

10:00 10 Aprel 2026 Jamiyat
186 0

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputatlari tajriba almashish maqsadida Doʻstlik tumaniga tashrif buyurdilar. Nega aynan shu tumanga?

— Sababi, Doʻstlik tumani soʻnggi yillarda mahalliy Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlar ishini tizimli yoʻlga qoʻyish va aholi bilan muloqotni kuchaytirish borasida ilgʻor natijalarga erishmoqda, — deydi tadbir ishtirokchisi Nasibaxon Toʻychiyeva. — Bu yerda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, qonunchilik tashabbuslari bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini tezkor va sifatli hal etish amaliyoti boshqa hududlar uchun ham oʻrnak boʻla oladi. Shu bois, aynan ushbu tuman tajribasini oʻrganish maqsadga muvofiq deb topildi. Mazkur tashrif mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va amaliyotga joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, deputatlar tashrif davomida tumanning ijtimoiy infratuzilmasi va turli sohalari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, “Yoshlar shaharchasi”, “Sihat shifo” salomatlik markazi, “Yangi Oʻzbekiston” massivi hamda “Sohil boʻyi” turizm loyihasi koʻzdan kechirildi. Mazkur obyektlarda yaratilgan sharoitlar, aholi uchun qulayliklar va tadbirkorlik imkoniyatlari delegatsiya aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер