Deputatlar komissiyaning 2022-yildagi faoliyatini qanday baholadi?

13:04 07 Fevral 2023 Siyosat
585 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yoshlarning qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilyapti.

Amalga oshirilayotgan islohotlardan koʻzlangan pirovard maqsad yoshlarning kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli boʻlishi, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, Vatan tuygʻusini chuqur anglaydigan, irodasi mustahkam, yuksak maʼnaviyatli boʻlib yetishishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Bu borada Komissiya tomonidan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs sifatida tarbiyalashga oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda. Xususan, hisobot davrida Komissiya tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilgan.

Masalan, Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilgan yoshlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan 30 dan ortiq qonun loyihalari yuzasidan berilgan 50 dan ortiq takliflar tegishli qonun loyihalarini maromiga yetkazish jarayonida foydalanilgan.

Majlisda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi oʻz ishini yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер