Denovdagi ekomarafon 3 mingga yaqin ishtirokchini qamrab oldi

15:22 04 Noyabr 2021 Jamiyat
559 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Surxondaryo viloyati Denov tumanida “Save Aral - 2021” xayriya aksiyasi doirasida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.  Tadbir davlatimiz rahbarining  “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

“Save Aral– 2021” nomi ostida joylarda o‘tkazilayotgan bunday ekomarafonlar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga aholi keng qatlamini jalb etishda muhim o‘rin tutmoqda.

Qariyb 3 ming nafar havaskor yuguruvchilar, yosh va faxriy atletlar ishtirok etgan ekomarafon yakunida finish chizig‘iga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan sportsevarlar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Ilhom RAHMATOV, "Xalq so‘zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер