Dekabr oyi ikkinchi yarmiga dastlabki ob-havo bashorati eʼlon qilindi
Foto: Arxiv surat
2023-yil 18-31-dekabr kunlariga Oʻzbekiston boʻyicha dastlabki ob-havo bashorati berildi.
19-dekabrda respublikaning shimolida va choʻl hududlarida, 20-dekabrda markaziy viloyatlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika boʻyicha baʼzi joylarda (1-2 kun) yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, havo harorati 18-dekabrda kechasi -0...-5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 19-20-dekabrda kechasi -3...+2 daraja boʻladi, kunduzi +0...+5 darajagacha pasayadi.
21-31-dekabrda harorat kechalari +0...+5 darajadan -3...-8 darajagacha, kunduz kunlari +0...+5 darajadan +7...+12 darajagacha, shimolda kechalari -0...-5 darajadan -10...-15 darajagacha, kunduz kunlari +0...+5 darajadan -2...-7 darajagacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring