Dehqon va fermerlarga qulay boʻlgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sugʻurtaning yangi turlarini yoʻlga qoʻyiladi
Foto: president.uz
Yigʻilish yakunida mutasaddilarga:
- aholiga boʻlib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar hisobidan 5 million tonna qoʻshimcha mahsulot yetishtirishni taʼminlash;
- iqtisodiy instrumentlarni koʻpaytirib, hokim yordamchilari tizimi orqali ushbu yerlarda kooperatsiyani rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash;
- dehqon va fermerlarga qulay boʻlgan 250 million dollarlik kredit, lizing va sugʻurtaning yangi turlarini yoʻlga qoʻyish;
- koʻp import boʻlayotgan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oʻzimizda ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 1,8 trillion soʻmlik 2 mingta loyihani ishga tushirish;
- bozorlardagi narx-navo oʻzgarishi va mahsulot kamayishini oldindan hisob-kitob qilish, oziq-ovqat inflyatsiyasini 10 foiz chegarada qatʼiy ushlab turish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Yigʻilish davomida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring