Davron Hidoyatov Senat aʼzoligiga saylandi

13:30 24 Avgust 2021 Jamiyat
1371 0

Toshkent davlat agrar universitetida viloyatda boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi saylovini oʻtkazish boʻyicha qoʻshma majlis boʻlib oʻtmoqda.

Sanoq komissiyasi xulosasiga koʻra, qoʻshma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi.

Qoʻshma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutlaq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.

Qoʻshma yigʻilishda D. Hidoyatov soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер