Davlatimiz rahbari xorijiy davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini samimiy qutlab, tabrik yoʻlladi

10:20 21 Mart 2026 Siyosat
288 0

Ming yillar davomida xalqlar oʻrtasida maʼnaviy koʻprik boʻlib kelayotgan Navroʻzning tinchlik, doʻstlik va hamkorlik gʻoyalari bugungi notinch zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yurtimizda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir boʻlib, shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. Mana shunday ahillik va totuvlik Yangi Oʻzbekistonimizni birgalikda barpo etishning eng ishonchli kafolatidir.

“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qoʻshni va qardosh mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi boʻlib, mintaqamizning tinchlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, – dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini Xalqaro Navroʻz kuni bilan samimiy qutlab, ularning oʻlkalari va xalqlariga qizgʻin tabriklarini yoʻlladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер