Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi raqobat yanada kuchayadi

19:26 22 May 2023 Siyosat
540 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda xalqimiz salomatligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish, maʼnaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, sportga aholini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb etish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuqori iqtidorga ega boʻlgan yosh sportchilarni tanlash, saralab olish tizimi va sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, nodavlat sport-taʼlim tashkilotlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, sport musobaqalarning saviyasini yuksaltirish kabi masalalar dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksiga tegishli vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan roʻyxat asosida davlat va nodavlat sport-taʼlim tashkiloti tomonidan xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari va ekipirovkalari hamda oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarini import qilinadigan tovarlarga maʼlum muddatda boj toʻlovlarini kamaytirish belgilanyapti.

Deputatlar bu oʻzgarish mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatishni yanada rivojlantirishga, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratilishiga xizmat qilishini qayd etib, qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi.

Yigʻilishda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2022-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti ham koʻrib chiqilib, maʼqullandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер