Oʻzbekistonning tashqi qarzi 17,3 mlrd dollarga yetdi
2020-yilning 1-iyul holatiga hukumatimiz nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz mablagʻlari qoldigʻi 19,6 mlrd. AQSH dollari ekvivalentini tashkil etdi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetovning 2020-yilning 1-yarim yilligida Davlat budjeti ijrosiga bagʻishlangan Oliy majlis qonunchilik palatasi yalpi majlisidagi maʼruzasida aytildi.
Qayd etilishicha, davlat tashqi qarzi 1,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 2020-yil boshiga nisbatan 10,9 foizga oshib, 1-iyul holatiga 17,3 mlrd. AQSH dollariga yetdi.
Davlat ichki qarzi esa 2020-yilning 1-yanvar holatiga nisbatan 0,3 mlrd. AQSH dollariga oshib, 2,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring