Davlat stipendiyalari olgan talabalar soni maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash boʻyicha tanlov komissiyasining bayoni bilan 2018/2019 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga olti xil Davlat stipendiyalari tayinlandi. Bu haqida Edu.uz kanali xabar berdi.
186 nafar iqtidorli talaba Oʻzbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalariga sazovor boʻlishdi:
- 55 nafari Navoiy Davlat stipendiyasi;
- 56 nafari Beruniy Davlat stipendiyasi;
- 9 nafari Ulugʻbek Davlat stipendiyasi;
- 9 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasi;
- 2 nafari Imom al-Buxoriy Davlat stipendiyasi;
- 55 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasi.
Sovrindor talabalarga 2018 yil 1 sentyabridan boshlab joriy oʻquv yili davomida Davlat stipendiyasi tayinlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring