Davlat soliq qoʻmitasiga yangi rais tayinlandi
Foto: Davlat soliq qoʻmitasi
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Musayev Behzod Anvarovich Davlat soliq qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
"Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni koʻzlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.Musayev rahbarligida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yoʻlidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda", deyiladi qoʻmita xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 11 may kuni Soliq qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi raisi Botir Parpiyev lavozimidan ozod qilingani xabar qilingandi. Parpiyev oʻshanda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring