Davlat rahbarlaridan biri Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini birinchi boʻlib oʻzida sinab koʻrishga tayyorligini bildirdi

22:12 17 Avgust 2020 Dunyo
1043 0

Arxiv surat

Meksika prezidenti Andres Manuel Lopez Obrador Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining samaradorligi isbotlangan taqdirda, uni oʻzida sinab koʻrishga tayyorligini bildirgan.

“Agar natijalar samarali boʻlsa, Rossiya hukumati bilan aloqa oʻrnatamiz”, degan u bugun boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

“Va bu masalada hech qanday shubha boʻlmasligi uchun, men birinchi boʻlib vaksinani oʻzimda sinab koʻrilishiga roziman”, — deydi Lopez Obrador.

“Bunday muhim masalada hech qanday mafkura boʻlmasligi kerak. Salomatlik — bu eng muhimi. Agar vaksina Rossiyada, Xitoyda ilgari paydo boʻlsa va uning hayotni saqlab qolish uchun samarali ekanligi isbotlansa, biz darhol hamkorlik qilamiz”, — deydi Lopez Obrador.

Shuningdek, u ushbu masala yuzasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar oʻtkazishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan.

Rossiya dunyoda birinchi boʻlib, 11-avgust kuni koronavirusga qarshi vaksinani roʻyxatdan oʻtkazdi. “Sputnik V” deya nomlangan ushbu preparat Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining N.F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan ishlab chiqilgan va iyun-iyul oylarida klinik sinovlardan oʻtgan.

Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi rahbari Kirill Dmitriyevning taʼkidlashicha, mamlakat 20 mamlakatdan 1 milliard doza ushbu vaksina yetkazib berish toʻgʻrisida arizalarni qabul qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер