Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi

17:50 12 May 2023 Siyosat
568 0

Joriy yil 10-aprel holatiga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish yuzasidan “E-Anticor.uz» elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida 39 ta vazirlik va idora uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari toʻliq shakllantirildi.

Mazkur vazirlik va idoralarning faoliyatiga doir umumiy 1701 ta funksiyalarning korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi quyidagicha baholandi:

— 177 ta funksiyada “yuqori”;

— 475 ta funksiyada “oʻrta”;

— 1049 ta funksiyada “past”.

Baholash natijalari tahliliga koʻra, ayrim davlat tashkilotlari tomonidan quyidagi holatlarga yoʻl qoʻyilgan:

— barcha funksiyalar toʻliq baholashdan oʻtkazilmagan;

— aksariyat funksiyalar asossiz past baholangan;

— tashkilot rahbariyati tomonidan mazkur amaliyotga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.

23 ta vazirlik va idoralar faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashdan oʻtkazish natijasi yuzasidan maʼlumotlar elektron platformaga kiritilmaganligi sababli ular uchun korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari shakllantirilmadi.

Keng jamoatchilik “E-Anticor.uz»  platformasi orqali davlat organlarining baholashdan oʻtkazilgan funksiyalari va ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер