Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzganlik boʻyicha 72 717 ta holat aniqlandi

11:30 27 Iyul 2022 Jamiyat
720 0

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda oʻz vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini oʻz vaqtida koʻrsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Davlat xizmatlari koʻrsatilishi sohasida joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida jami 72 717 ta qonun buzilish holati aniqlandi.

Shundan, 56 059 tasi muddat buzilishi, 7 012 tasi ortiqcha hujjat talab qilish, 4 522 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri davlat xizmati koʻrsatish, 1 245 tasi asossiz rad etish, 10 tasi vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaganlik hamda 3 869 tasi boshqa turdagi qonun buzilishlarni tashkil etadi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 476 ta taqdimnoma kiritildi, 114 ta profilaktik suhbat oʻtkazildi hamda 720 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.

Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 496 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilib, ulardan 10 nafar shaxs egallab turgan lavozimidan ozod etildi, shuningdek 720 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarima qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер