Davlat xizmatini rivojlantirishda Singapur bilan hamkorlik qilinadi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Otabek Xasanov Singapurning Oʻzbekistondagi elchisi Zulkifli bin Baxarudin bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida O.Xasanov Agentlik faoliyati hamda yaqinda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning sohani rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Elchi Z.Baxarudin davlatimiz rahbari boshchiligida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni eʼtirof etdi.
Uchrashuvda davlat xizmatchilari uchun Singapurning oliy taʼlim muassasalari, ilmiy va amaliy markazlarida malaka oshirish kurslarini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi va hamkorlik yoʻnalishlari belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring