Davlat xizmati Singapur tajribasi asosida rivojlantiriladi

12:15 17 Yanvar 2023 Siyosat
1300 0

Davlatimiz rahbarining Singapurga tashrifi doirasida davlat xizmati sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy uchrashuvlar va muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi delegatsiyasi Singapur Davlat xizmati departamenti vakillari bilan uchrashib, oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Oliy darajadagi tashrif doirasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi va Singapur Davlat xizmati kolleji oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakuni boʻyicha 2023-yilda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilari uchun strategik rejalashtirish, liderlik, davlat xizmatida samaradorlik, raqamlashtirish, innovatsiyalar kabi dolzarb yoʻnalishlarda malaka oshirish kurslarini tashkil qilish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер