“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda

14:19 20 Dekabr 2023 Siyosat
542 0

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Senatning qirq sakkizinchi yalpi majlisida “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qizgʻin muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatini kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan har kimga oʻz huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlandi.

Shu bilan birga, maʼmuriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish tartib-taomillarini soddalashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Shu munosabat bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlar, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini fuqarolardan oldindan undirmasdan, ushbu bojni ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra aybdor tarafdan undirish tartibini nazarda tutuvchi, shuningdek, davlat bojining koʻrsatilgan stavkasi miqdori pasaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Senatorlarning soʻzlariga koʻra, Qonun fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari sud tartibida himoya qilinishini taʼminlashga, ularning odil sudlovdan foydalanish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan maʼmuriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

 Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʼzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер