Dastlabki eshituv instituti qanday muammolarni bartaraf etadi?

12:22 19 Noyabr 2020 Siyosat
1903 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Jinoyat protsessiga jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda muhokama qildilar.

Mazkur qonun loyihasi bilan sudlarda ishlarni koʻrishda inson huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va taraflarning bahslasha olish tamoyilini amalda roʻyobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etilyapti.

Dastlabki eshituv institutining joriy etilishi sudga kelib tushgan jinoyat ishlarini sudda koʻrish uchun tayinlash bosqichida taraflarning dastlabki eshituvlarda ishtirok eta olishiga olib keladi. Bugungi kunda ushbu bosqichda taraflar ishtiroki cheklangani sababli mazkur jarayonda hal etilishi lozim boʻlgan muhim masalalarni (masalan, ishni tugatish yoki toʻxtatish) sudya yakka tartibda hal etishga majbur. Oqibatda, sudya cheklangan maʼlumotga ega boʻlganligi uchun bunday masalalar hal etilmasdan qoladi va asosiy bosqich – umumiy sud majlisiga barcha ishtirokchilar chaqirilib, fuqarolarning sarson boʻlishiga olib keladi. Loyiha bilan bu kabi muammolar bartaraf etilyapti.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jinoyat ishini umumiy asoslarda koʻrishga monelik qilayotgan sabablarni tezkor bartaraf etish imkoniyatini beruvchi qarorlar qabul qilish jarayonida taraflarning tortishuvi prinsipga soʻzsiz rioya etilishiga, sud muhokamasi chogʻida faqat maqbul dalillardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Muhokamalardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinib, Senatga yuboriladigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер