Daraxtlarni kesishga moratoriy qo‘yiladimi?

18:15 04 Iyun 2018 Jamiyat
1995 0
Foto: gotrip.uz

Mamlakatimizda o‘z faoliyatini boshlagan “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga daraxtlarni muhofaza qilish bo‘yicha bildirilgan murojaat o‘n mingdan ortiq ovoz oldi. Qoidaga ko‘ra, u mamlakat parlamenti tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Ya’ni qonun chiqaruvchilar mazkur fikrga 60 kun davomida javob berishi zarur.

Murojaat muallifi Nikita Makarenko daraxtlarni asrab-avaylash va aholi yashash punktlarini obodonlashtirishga oid qonunchilikni qayta ko‘rib chiqishni taklif etgan.

Shu orqali shahar va qishloqlarda har qanday daraxtlarning kesilishiga moratoriy qo‘yishga chaqirilgan. Bundan tashqari, unda hokimliklardan daraxtlarni kesishga ruxsat berish huquqini olib qo‘yish, 70 yoshdan katta daraxtlarni kesmaslik, shuningdek, keng vakolatlarga ega ekologiya politsiyasini tuzish taklif qilingan.

Bu borada qayd etib o‘tilgan kesish uchun ruxsatnomalar onlayn-reyestrini yaratish bo‘yicha g‘oya yaqinda amalga oshirilgani haqida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, Toshkent va boshqa shaharlarda turli yoshlardagi, hatto sog‘lom daraxtlarni ham har xil bahona-sabablar bilan kesish holatlari hamon uchramoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Mening fikrim” portaliga bevosita davlatimiz rahbari tashabbusi bilan asos solingan. Unda murojaat qoldirish uchun Yagona idnetifikatsiyalash tizimi orqali ro‘yxatdan(avtorizatsiyadan) o‘tish darkor. Murojaat parlament miqyosida ko‘rib chiqilishi uchun 10 ming ovoz, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida muhokama etilishi uchun 5000 ovoz, tuman va shahar Kengashlarida kun tartibiga qo‘yilishi uchun 1000 ta ovoz olishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер