“Daraxt va elektr ustunlar ostida turmang”: Toshkent shahar FVBB ogohlantirish bilan chiqdi

18:45 14 Aprel 2026 Jamiyat
186 0

Bugun, 14-aprel kuni tunda Toshkent shahri hududida yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar FVBB ogohlantirish bilan chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishni tavsiya qilgan:

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
  • buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.

Shuningdek, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik va xonadonlarda barcha gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turish tavsiya etilgan.

“Favqulodda holat yuz bergan taqdirda 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qiling”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер