Dangʻarada sodir boʻlgan YTHda velosipedchi vafot etdi

11:07 19 May 2020 Jamiyat
1099 0

Joriy yilning 18-may kuni soat 14:40 larda, Fargʻona viloyati, Dangʻara tumani, Qoʻriq mahallasi hududidan oʻtgan A-373B “Qoʻqon shahriga kirish” avtomobil yoʻlining 21 km.da haydovchi 1992-y.t. S.M. (erkak) “Kaptiva” rusumli transport vositasini boshqarayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib, eʼtiborsizlik qilib chap tomonga toʻsatdan qayrilgan velosipedchi, 1966-y.t. I.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, velosipedchi 54 yoshli I.T. (erkak) ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dangʻara tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Barcha haydovchilardan piyoda va velosipedchilarga eʼtiborli boʻlishlarini, piyoda va velosipedchilar belgilanmagan joylarda harakatlanmasliklarini, yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻrab qolamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер