Dangʻara pomidori jahon bozorida xaridorgir

16:39 01 Fevral 2021 Iqtisodiyot
941 0

2020-yili Dangʻara tumanida 16,8 million dollar miqdorida sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Investitsiya dasturi doirasida tadbirkor Umidjon Xoʻjamberdiyev tashabbusi bilan “Real kabel invest” MCHJda 2 gektar maydonda gidroponika usulida issiqxona tashkil etilib, eng zamonaviy texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. Umumiy qiymati 14 mlrd. 886 mln. soʻm boʻlgan loyiha doirasida 45 ta doimiy hamda 20 dan ortiq mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi. Issiqxonada jahon bozorida xaridorgir mahsulot yetishtirilib, oʻtgan yili Rossiyaga 700 ming dollarlik pomidor eksport qilinishiga erishildi.

— Oʻzbekistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekologik jihatdan tozaligi, shirin taʼmi va darmondorilarga boyligi bilan alohida ajralib turadi, — deydi issiqxona agronomi, turkiyalik tajribali mutaxassis Mezgim Jengiz. — Hozirgi kunda tabiiy quyosh nurida, ochiq maydonlarda ham mahsulot yetishtirish ustida ilmiy izlanishlarni davom ettirib, eksport geografiyasini Yevropa qitʼasi boʻylab kengaytirish uchun marketing ishlari olib borilmoqda.

Botir Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер