Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

13:02 08 Avgust 2025 Jamiyat
285 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 8-10-avgust, dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Unga koʻra, shanba, 9-avgust va yakshanba 10-avgust kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Juma kuni havo harorati asosan kunduzi 35-37 daraja, janubda 40 darajagacha boʻladi. Agentlikka koʻra, bu avgust oyi birinchi oʻn kunligining iqlimiy meʼyoriga yaqindir.

Qayd etilishicha, dam olish kunlari harorat kunduzi 37-40 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha koʻtariladi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 10-avgustda respublika shimolida baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduzlari 35-37 daraja, 9-10-avgustda 37-39 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер