Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
Bugun, 16-iyul kuni Oʻzbekistonda iyul oyining oʻrtasidagi qiymatlar uchun meʼyoridan past boʻlgan havo harorati bilan chilla uchun xos boʻlmagan ob-havo kuzatilmoqda.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlari boʻyicha kun davomida havoning oʻzgarishi saqlanib turadi, Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Havo harorati 30-33 darajani, shimolda va janubda 36-39 darajagachani tashkil etadi.
Shanba va yakshanba kunlari salqin havo massasi Oʻzbekiston hududi chegarasidan chetga chiqadi va havo harorati meʼyoriy qiymatlargacha koʻtariladi. Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlarida asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo kunduz kunlari 35-38 darajagacha isiydi.
Shanba va yakshanba kunlari, faqat Namangan va Fargʻona viloyatlarining togʻli hududlarida, shuningdek Qirgʻizistonning togʻli hududlarida, Fargʻona vodiysi bilan chegaradosh qismida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Bu mahalliy yomgʻirlar Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻ oldi va togʻli hududlarida sel toshqinlari shakllanishiga sabab boʻlishi mumkin. Shuning uchun, Oʻzgidromet aholini ushbu hududlarda joylashgan dam olish maskanlariga bormaslikni qatʼiy tavsiya etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring