Dam olish kunlari Oʻzbekistonga nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda

17:21 25 Oktyabr 2024 Jamiyat
267 0

Foto: “Xalq soʻzi” / Muhsin Umurzoqov

Oʻzbekistonga janubi-gʻarbiy hududlardan nam havo massalari kirib kelmoqda. Buning hisobiga dam olish kunlari beqaror ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet”.

Unga koʻra, 26-oktyabr, shanba kuni Oʻzbekiston boʻyicha kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoliy hududlar boʻyicha kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

Yakshanba kuni esa yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi 26-oktyabrda 13-15, 27-oktyabrda esa 17-19 daraja atrofida boʻladi.

Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda yomgʻir kuchli yogʻishi mumkin, baland togʻli hududlarda qorga aylanadi.

Toshkent shahrida 26-oktyabr kuni kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 27-oktyabrda esa yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/soniya tezlikda esadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер