Dam olish kunlari havo harorati biroz salqinlashishi kutilmoqda

20:11 01 Avgust 2025 Jamiyat
284 0

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”

Dam olish kunlari havo harorati biroz salqinlashishi kutilmoqda

“Oʻzgidromet” 2-3-avgust, dam olish kunlari uchun ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Agentlikka koʻra, avgust oyining birinchi kunlarida Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat 1-avgust, juma kuni kunduzi Fargʻona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi.

Havo harorati dam olish kunlari 32-35 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda 38 darajagacha boʻladi. Bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim meʼyorlaridan 1-2 darajaga pastdir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentda shanba va yakshanba kunlari havo asosan kam bulutli boʻladi. Harorat kechasi 20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер