Dam olish kunlari ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” agentligi dam olish kunlari kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 18-23 daraja, 13-aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 12-aprelda 30-35 daraja, 13-aprelda 25-30 daraja issiq boʻladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 12-aprelda 30-35 daraja, 13-aprelda 25-30 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 12-aprelda 29-34 daraja, 13-aprelda 27-32 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, 12-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. 13-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 daraja issiq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring