Dam olish kunlari ayrim joylarda qor yogʻishi kutilmoqda

20:18 13 Dekabr 2024 Jamiyat
490 0

“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 14-dekabr, shanba kuni respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 7-12 daraja iliq, baʼzi joylarda 15 darajagacha iliq, shimolda 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.

15-dekabr, yakshanba kuni Oʻzbekiston hududiga shimoli-gʻarbdan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika hududida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin.

Havo harorati kechasi va ertalab 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 3 daraja sovuqqacha pasayadi, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, 15-16-dekabrda ayrim joylarda 20-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. 15-16-dekabrda yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер