Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

03:08 03 Avgust 2024 Jamiyat
600 0

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda va Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida bir oz yomgʻir yogʻishi mumkin.

3—4-avgust kunlari havo harorati asosan kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 40-42 darajagacha boʻladi.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Toshkentda havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 2-7 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 8-10 metr/sekundgacha kuchayadi.

Harorat asosan kechalari 24-26 daraja, kunduz kunlari 37-39 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер