«COVID-19»ning «Omikron» shtammi boshqa variantlar bilan solishtirildi. Qanday xavf bor?

00:29 11 Dekabr 2021 Dunyo
1561 0

Illyustrativ foto

Koronavirusning «Omikron» shtammi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, u oʻzini infeksiyaning boshqa variantlari kabi tutadi. Shtammlarni taqqoslash natijalarini Janubiy Afrika Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari Jo Paaxla maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, «Omikron» shtammi tufayli xavotirni kuchaytirish uchun hech qanday sabab yoʻq.

«Kasallikning ogʻir oʻtishiga kelsak, u nisbatan ogʻirroq kechishi mumkinligiga ishoralar mavjud», deydi Jo Paaxla. Shu oʻrinda, vazir vaksina virusdan himoyalanishning eng ishonchli usuli ekani taʼkidladi.

Oʻz navbatida, Janubiy Afrika Respublikasi Tibbiyot tadqiqotlari kengashi bosh direktori Glenda Grey koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilayotgan fuqarolarning aksariyati emlanmaganligini taʼkidladi. 

«Omikron» inson tanasida vaksina hosil qilgan himoyani yengish qobiliyatiga ega», dedi u. Shu bilan birga, Grey kasallik emlanganlarda osonroq oʻtayotganini ham qayd etdi.

Avvalroq, Janubiy Afrika Respublikasida noyabr oyida koronavirusning yangi «Omikron» shtammi aniqlangani maʼlum qilinib, u «COVID-19»ning «Delta» variantini oʻrnini tezlikda egallayotgani xabar qilingan edi. 

Sogʻliqni saqlash vazirining taʼkidlashicha, hozirda virus bilan kasallanish holatlarining 70 foizi yangi shtamm bilan bogʻliq. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер