“Covid-19”ning dastlabki belgisi maʼlum boʻldi. Koʻpchilik bunga eʼtibor bermasligi mumkin

19:28 24 Noyabr 2020 Dunyo
795 0

Illyustrativ foto

Burundagi quruqlik va bezovtalik hid va taʼm sezgisini yoʻqotishdan oldin ham koronavirus bilan kasallanganlikni bildirishi mumkin.

Bu ispaniyalik olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda aniqlandi. Mualliflarning fikriga koʻra, ushbu alomatlarni “Covid-19”ning dastlabki belgilari deb hisoblash mumkin. Tadqiqot natijalari “medRxiv preprint” saytida eʼlon qilingan.

Olimlar oʻzlarining farazlarini tasdiqlash uchun “Covid-19”ning yengil shakli boʻlgan 35 nafar bemorlar guruhida tadqiqot oʻtkazdilar. Ularning 70 foizga yaqini kasallikning dastlabki bosqichida “gʻalati his” va burun qurishini aytishgan. Ushbu alomatlar oʻrtacha 12 kun davom etgan hamda hid va taʼmning yoʻqolishiga olib kelgan. Bunday holat guruh ishtirokchilarining 80-85 foizida qayd etilgan.

Olimlarning fikriga koʻra, ushbu natijalar infeksiyani erta aniqlashda, ayniqsa, alomatlarsiz tashuvchilarni ajratib olishda juda muhimdir.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, ushbu jihatga eʼtibor qaratish hozirgi pandemiya sharoitida dunyoning koʻplab mintaqalarida testlarning yetishmovchiligini hisobga olgan holda virus tarqalishini samarali ravishda cheklovchi omillardan biri boʻlishi mumkin.

Mualliflar oʻz ishlarini davom ettirishni rejalashtirishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер