”Covid-19”ga qarshi Qozogʻiston vaksinasining natijalari maʼlum qilindi
Qozogʻistonlik olimlar tomonidan yaratilgan COVID-19 vaksinasi yaxshi natijalarni koʻrsatmoqda. Bu haqda Qozogʻiston Taʼlim va fan vaziri Asxat Aymagʻambetov maʼlum qildi.
«Maʼlumki, qisqa vaqt ichida olimlarimiz COVID-19ga qarshi ikkita vaksinani yaratdi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vaksinalar toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qildi va ularni oʻz roʻyxatiga kiritdi. Bizning inaktivlangan vaksinamiz klinikadan oldingi sinov bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtdi va juda yaxshi natijalarni koʻrsatdi. Bundan tashqari, biz uchta platformada vaksinalarni tayyorlamoqdamiz», - dedi vazir.
Uning soʻzlariga koʻra, klinikadan oldingi test natijalari vaksinalar inson organizmi uchun xavfsiz ekanligini koʻrsatdi.
“Dastlabki natijalar juda yaxshi”, - dedi Asxat Aymagʻambetov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring