Chumchuqdan qoʻrqqan tariq ekmaydi yoxud yoʻl yoqasidagi doska-bozor lardan kim manfaatdor?
Odamlarga qanchalik koʻp qulaylik yaratilsa, yana ham koʻproq qulaylikka erishishga urinadi. Sababi koʻp qulayliklardan koʻp manfaat olsa boʻladi.
Gap shundaki, shahrimiz koʻchalarini aylansangiz, bir holatning guvohi boʻlasiz. Yaʼni yoʻl yoqasiga joylashib olib, sigaret, qurut, pista, saqich kabi mayda mollarni sotayotgan yurtdoshlarimiz juda koʻp uchratamiz. Bunday “bozorcha” lar odamlarga, ayniqsa, haydovchi va yoʻlovchilarga bir qator qulayliklar yaratsa-da, yoʻllarda harakatlanayotgan avtomashinalarga xalaqit berishi ham bor gap.
Baʼzi holatlarda, haydovchilar shu kabi “ishbilarmonlar”dan norozi boʻlishining boisi ham shunda.
Achinarlisi, hali balogʻatga yetmagan yoshlar ham oʻzlari uchun “qulay” joylardan tamaki xarid qilish holatlari uchrab turibdi. Chunki bu “bozorcha” larda koʻpincha ularning yoshi eʼtiborga olinmaydi. Sotuvchiga xaridor kim boʻlishidan qatʼiy nazar, pul bersa bas.
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: bunday noxush holatlarga yoʻl qoʻymaslik uchun amalda qandaydir tartib bormi yoki asfaltdagi “rastalar” faoliyatidan kimlardir manfaatdormi?!
Murodjon RAHMATOV,
OʻzJOKU talabasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring